Internetda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning tovus bilan selfiga tushishi aks etgan fotosurat paydo bo‘ldi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
Surat Kreml jurnalistlari tarkibida ishlovchi fotomuxbir Dmitriy Smirnov tomonidan Twitter mikrobloglar xizmatida e’lon qilingan.
“Siz uni: ‘Nega buncha uzoqqa ketdi’, — deb so‘rayotganmidingiz?”, — deb surat ostiga imzo chekkan fotomuxbir, Medvedevning Malayziyada tashkil etilgan Sharqiy Osiyo iqtisodiy forumidagi ishtirokini nazarda tutgan.
Fotosurat shu zahoti rossiyalik internet foydalanuvchilar tomonidan norozi kayfiyatda kutib olindi.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Sharqiy Osiyo iqtisodiy forumi doirasida AQSh prezidenti Barak Obama bilan qo‘l berib ko‘rishgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)