23-noyabr, dushanba kuni ertalab Hindiston shimolida fuqarolik vertolyoti qulashi natijasida yetti kishi, jumladan olti yo‘lovchi va bir uchuvchi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avariya Katra shahri yaqinida ziyoratchilarni Jammu va Kashmir shtatidagi mashhur diniy ibodatxonaga eltish chog‘ida sodir bo‘lgan. Halokat sabablari aniqlanmoqda.
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, vertolyot sayohatchilarni yetib borish qiyin bo‘lgan muqaddas ziyoratgohlarga eltib qo‘yish xizmatini ko‘rsatuvchi kichik xususiy kompaniyaga tegishli.
Izoh (0)