“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasining “Real”ga qarshi uchrashuvini zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Bu haqda “Arena.uz” xabar qilmoqda.
O‘yin 21-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi.
Xabarga ko‘ra, argentinalik forvard sog‘lig‘i ustida tavakkal qilmoqchi emas. Kataloniya klubi u jarohatdan tiklanayotgan vaqtda Leosiz ham g‘alabalarga erishish mumkinligini namoyish qilgan. Shu sababli Messi zarurat tug‘ilgan taqdirdagina klasikoda maydonga tushadi. Hujumchi murabbiylar shtabiga 90 daqiqa o‘yin o‘tkazishga hali to‘liq tayyor emasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)