O‘zbekistonlik tajribali tennischi Oqgul Omonmurodova Buyuk Britaniyaning Shryusburi shahrida davom etayotgan turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga yo‘llanma oldi, deb xabar qiladi “Olamsoprt”.
Oqgul mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ikkinchi bosqichida turnirning yettinchi raketkasi amerikalik Bernarda Perani 6:3, 7:6(6) hisobida mag‘lub etdi.
Omonmurodova ilk bosqichda britaniyalik Emma Xyorstni 6:3, 6:0 hisobida taslim etgan edi. Uning chorak finaldagi raqibasi gollandiyalik Lesley Kerxove bo‘ladi. To‘rtinchi raqam ostida tasniflangan Lesley ikkinchi davrada mezbon tennischi Manisha Fosterni 6:2, 6:3 hisobida yengdi.
Izoh (0)