Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) apellyatsiya qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatter va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) rahbari Mishel Platinining apellyatsiyalarini rad etdi, deya xabar bermoqda “TASS” FIFA matbuot xizmatiga tayanib.
“Apellyatsiya qo‘mitasi FIFA axloq qo‘mitasining Blatter va Platiniga nisbatan qabul qilingan qarorlarini tasdiqlaydi. Biroq aniqlik kiritish joiz, axloq qo‘mitasining tekshirish jarayoni hali davom etmoqda, va ularning futbol faoliyatidan vaqtinchalik chetlatilishi tasdiqlanishi, uzaytirilishi yoki to‘xtatilishi ham mumkin”, — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida xalqaro futbol federatsiyasi axloq qo‘mitasi Blatter, Platini va FIFA bosh kotibi Jerom Valkeni lavozimlari hamda futbolga oid barcha faoliyatdan 90 kun muddatga chetlatgandi. Blatter va Platini mazkur qaror yuzasidan apellyatsiya bergandi.
Izoh (0)