Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng stadion yopib qo‘yildi
Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yini (2:0) yakunlanganidan so‘ng futbol ishqibozlari “Stad de Frans” stadioni maydoniga chiqib keldi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Muxlislar stadiondan chiqib ketolmadi, chunki chiqish darvozalari xavfsizlik nuqtai nazaridan yopib qo‘yilgandi. Keyinchalik ular ochilgan va odamlar stadionni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxtida 13-noyabr, juma kuni turkum teraktlar sodir etilgan. Ular uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)