Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi Martinsvill shahri yaqinida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Uning bortida fotosuratchi va sobiq biznesmen Richard Grin, uning turmush o‘rtog‘i, musavvir Kerolin Grin va hujjatnavis Jon Deyvis bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
7-noyabr, shanba kuni Mona Veyl shaharchasiga yetib kelmagan vertolyotni qidirish 9-noyabr, dushanbada boshlangan. Shu kunning o‘zida Uotogan milliy bog‘idagi tog‘li hududda halokat joyi aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga ob-havo sharoitlari sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 2013-yilda Richard Grin uchish vositasidan xavfli ravishda foydalangani uchun vertolyotni boshqarish litsenziyasidan mahrum etilgani aytilmoqda.
Izoh (0)