Yer atmosferasida parnik gazlarining to‘planishi 2014-yilda rekord darajaga yetdi. Bu haqda Jenevada e’lon qilingan BMTning Yer atmosferasini kuzatish bo‘yicha organi — Jahon metereologiya tashkiloti (JMT) ma’ruzasida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
Ma’ruzada ta’kidlanishicha, atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi o‘tgan yili millionga 399,7 qismga yetgan. Shimoliy yarim sharda esa bu ko‘rsatkich millionga 400 qismga yetgan.
“Biz SO2 ni ko‘rmaymiz, ammo u insoniyat uchun sezilarli xavf, —deya ta’kidlagan JMT bosh kotibi Mishel Jarro. — Bu global haroratning oshishi, suv toshqinlari, muzliklarning erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi kabi favqulodda tabiat holatlari sonining ortishini anglatadi”.
Ma’ruza 30-noyabrdan 11-dekabrgacha Fransiya raisligi ostida o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan 21-konferensiyasi arafasida chop etildi. Mazkur anjumanda iqlim bo‘yicha yangi xalqaro kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)