AQSh u bilan 1953-yilda tuzilgan hozirgi yarashuv sulhi o‘rniga tinchlik bitimi imzolash haqida qaror qabul qilmagunicha, KXDR o‘z qurol-yarog‘larini ko‘paytirishda davom etadi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy gazetasi bo‘lmish “Nodon sinmun”ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Amerika bizning tinchlik bitimi tuzish haqidagi adolatli taklifimizga zudlik bilan rozilik bildirishi kerak”, — deya talab qildi “Nodon sinmun”.
Maqolada ta’kidlanishicha, bunday shartnoma Koreyada ham, butun Shimoli-Sharqiy Osiyoda ham tinchlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, gazeta KXDR qurol-yarog‘lari sharofati bilan Koreya yarim orolida urush yuzaga kelmayotganini pisanda qildi.
Izoh (0)