Shvetsiyalik ikki do‘stning Sidneydagi (Avstraliya) tepalikdan supermarket aravachasida tushishlari avtomobilga to‘qnashuv bilan yakunlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida 28 yoshli erkak halok bo‘ldi, uning do‘sti og‘ir jarohat olgan, avtomobil haydovchisi esa jabrlanmagan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, aravachaning tepalikdan tushishdagi tezligi soatiga 80 kilometrga teng bo‘lgan.
Mashina haydovchisi kerakli tahlillarni topshirgan, politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)