Christie’s auksion uyi dekabr oyi o‘rtalarida Buyuk Britaniya hukumatining sobiq rahbari Margaret Tetcherga tegishli shaxsiy buyumlarni kimoshdi savdosiga qo‘yadi. Bu haqda “Liga.net” xabar bermoqda.
The Telegraph ma’lumotlariga ko‘ra, oldinroq Tetcherning buyumlarini Viktoriya va Albert muzeyiga joylashtirmoqchi bo‘lishgan, biroq muzey rahbariyati bu fikrni ma’qullamagandi.
Buyumlarni sotish to‘g‘risidagi qarorni sobiq bosh vazirning farzandlari — Mark va Kerol qabul qilgan. Lotlar orasida Tetcher muzokaralarda ishtirok etgan chog‘ida kiygan kostyumlar, ko‘plab sumka, aksessuar va taqinchoqlar, shuningdek, 5 ming funtga baholangan qizil jomadon bor. Eksponatlarning boshlang‘ich narxi 200 dan 180 ming funtgacha, jami kolleksiya 500 ming funtga baholanmoqda. Oldinroq, 2014-yilda Tetcher siyosiy faoliyatini yakunlagandan so‘ng yashagan uy 35 million funtga sotuvga qo‘yilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 1979—1990-yillarda Buyuk Britaniya hukumatini boshqargan Margaret Tetcher nafaqat ushbu mamlakat, balki Yevropa davlatlaridagi birinchi ayol bosh vazir bo‘lgan. U 2013-yili 88 yoshida vafot etdi.
Izoh (0)