Misrda halokatga uchragan A321 samolyoti qurbonlaridan 28 kishining shaxsi aniqlangan. Bu haqda Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 28 kishining shaxsi aniqlangan. Balki hozir bundan ham ko‘pdir”, — deya ta’kidlagan 3-noyabr, seshanba kuni mazkur jarayonda ishtirok etgan gubernator.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq aviahalokat qurbonlaridan to‘qqiz nafarining shaxsi aniqlangani bildirilgandi.
Izoh (0)