Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Qurolli kuchlarida xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar harbiy xizmat o‘tashi bilan bog‘liq ba’zi Ukraina qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qonunning maqsadi Ukraina qurolli kuchlari jangovar qobiliyatini yaxshilash hamda Ukrainaning odamlar bilan bog‘liq va moliyaviy yo‘qotishlarini kamaytirishdan iborat.
Hujjat Ukraina fuqarosi bo‘lmaganlarga shartnoma bo‘yicha mamlakat qurolli kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarda xizmatni o‘tashga ruxsat beradi. Qonunga muvofiq, ularga harbiy unvonlar va ijtimoiy himoya taqdim etilishi mumkin.
Qonun, shuningdek, yollanma askar, shaxsiy manfaat uchun shartnoma bo‘yicha xizmat o‘tayotgan va harbiy harakatlarda qatnashayotgan shaxslar tushunchalarini belgilaydi. Yollash, yollanma askarlarni moliyalashtirish, ularning harbiy harakatlarda qatnashishi uch yildan sakkiz yilgacha bo‘lgan qamoq muddati bilan jazolanadi.
Izoh (0)