Taniqli iroqlik siyosatchi Ahmad Chalobiy Bag‘dodda 72 yoshida to‘satdan vafot etdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Siyosatchi 3-noyabr, seshanba kuni ertalab o‘z uyida hayotdan ko‘z yumdi. O‘limga yurak xuruji sabab bo‘ldi.
Chalobiy uzoq yillar davomida surgunda yashagan va 2003-yilda Amerikaning Iroqqa hujumining ashaddiy tarafdorlaridan biri bo‘lgan. Aynan u AQSh razvedkasiga Iroq ommaviy qirg‘in quroliga ega ekanligi haqidagi maxfiy xabarni yetkazgan.
Vafot etgunicha Chalobiy Iroq parlamenti deputati bo‘lgan va moliya qo‘mitasini boshqargan. Bungacha qisqa vaqt davomida neft vaziri lavozimini egallagan.
Izoh (0)