Turkiya mamlakat janubi-sharqiy hududlari va shimoliy Iroqda kurd isyonchilariga qarata yangi aviatsiya zarbalarini bera boshladi, deb yozadi “Vedomosti”.
Turkiya mudofaa vazirligi harbiy aviatsiya 2-noyabr, dushanba kuni ushbu hududlardagi Kurdiston Ishchilar partiyasi bazalarini bombardimon qilganini oshkor etdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, “ayirmachi terrorchilik tashkilotlarining jangarilari tomonidan qo‘llaniladigan” boshpana va qurol-yarog‘ omborlari yo‘q qilingan.
Izoh (0)