Nepal shimoli-sharqida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 3-noyabr, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:45 da yuz bergan. Avtobus poytaxt Katmandudan Rasuva tumanining Chilaym shahriga ketayotganida yo‘ldan chiqib ketib, chuqurligi 150 metr bo‘lgan jarga tushib ketgan.
Avtobus ichida aynan qancha odam bo‘lgani noma’lumligi sabab, politsiya yo‘lovchilarni izlashda davom etmoqda. Qayd etishlaricha, yo‘lovchilarning aksariyati transport vositasining tomida ketayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)