Rossiyaning Tula viloyatida avtobusning trassadan chiqib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetdi, 35 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Moskvadan Yerevanga yo‘l olgan avtobus Tula viloyati Uzlov tumani “Don” M4 yo‘lida 220 kilometr yurgach, ag‘darilib ketgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi harakat paytida uxlab qolgan. Bundan tashqari, yo‘l-transport hodisasi texnik nosozlik oqibatida ham yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Bundan oldin Tula viloyatida avtobus ag‘darilishi oqibatida halok bo‘lganlar orasida Armaniston Respublikasi fuqarolari ham borligi ma’lum qilingan edi.
Voqea joyida tez tibbiy xizmat faoliyat olib bormoqda, jarohatlanganlar mahalliy tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Tan jarohati olmagan fuqarolar vaqtinchalik Uzlovaya shahridagi kinoteatrga joylashtirildi.
Izoh (0)