AQShning Kaliforniya shtati janubida 17 ta avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, YTH natijasida 5 kishi jarohatlangan.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, hozirda YTH oqibatida jabrlanganlarning ahvoli qoniqarli. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi kuchli shamol natijasida chang ko‘tarilgani va buning oqibatida avtomobillar boshqaruvining qiyinlashgani sabab yuzaga kelgan. Hozirda YTH sodir bo‘lgan shosseda avtomobillar harakati tiklangan.
Izoh (0)