Misrda halokatga uchragan A321 samolyoti bort kuzatuvchisi bo‘lib ishlagan oltoylik 22 yoshli Irina Olaru hamkasbi, “Kogalimavia” xodimiga turmushga chiqish arafasida bo‘lgan. Bu haqda Oltoy respublikasi rahbarining matbuot kotibi Yelena Kozlova ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Matbuot kotibining aytishicha, Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tguncha Irina Tog‘li Oltoyda yashagan va zargarlik do‘konida ishlagan. Ko‘chib ketgandan so‘ng kasbini o‘zgartirib, bort kuzatuvchisi sifatida ish boshlagan.
Sinay yarimorolida ro‘y bergan fojia haqida xabar topgan hamyurtlari Irina ishlagan do‘konga gullar keltirib, shamlar yoqmoqda. Qizning onasi va singlisi Sankt-Peterburgga shaxsni aniqlash jarayonida qatnashish uchun jo‘nab ketgan.
Irina Olaru o‘z yurti, Tog‘li Oltoyda dafn etiladi.
Izoh (0)