Mayamidagi (AQSh) plyajda qumdan balandligi 13,7 metr bo‘lgan qal’a qurildi. Ginnes rekordlar kitobi vakillari uni dunyodagi eng baland qal’a sifatida qayd etdi, deya xabar berdi CBS Miami.
Uni bunyod etish ustida yigirmaga yaqin kishi ishladi, tiklash uchun esa 1800 tonna qum ketgan. Qal’adan dunyodagi mashhur obidalar, jumladan, Toj Mahal,Ozodlik haykali va Piza minorasi nusхalari o‘rin olgan.
Mazkur inshoot shu usul bilan Mayamidan Istanbulga parvozlarni reklama qilgan Turkish Airlines aviakompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra tiklangan. Aviatashuvchi bu yo‘nalishni 25-oktabr, yakshanba kuni yo‘lga qo‘ydi.
Oldingi rekord Braziliyada 2014-yili tiklangan qum qal’asiga tegishli bo‘lgan, uning balandligi 12,5 metr edi.
Izoh (0)