Kreml Suriyada rossiyalik harbiy xizmatchining halok bo‘lgani haqidagi axborotlar yuzasidan Rossiya Mudofaa vazirligiga murojaat qilishni tavsiya qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Men bu haqda hech narsa bilmayman”, — dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, jurnalistlarning ushbu axborotga munosabat bildirish haqidagi iltimosiga javob berarkan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ma’lumotni Mudofaa vazirligidan aniqlashtirib olish kerak.
Avvalroq, “RBK” portali ijtimoiy tarmoqlarga asoslanib, Suriyada shartnoma asosida xizmat qilayotgan 19 yoshli rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani haqida xabar tarqatgan edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, yosh yigit baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)