Suriya prezidenti Bashar Asad ma’muriyati 27-oktabr, seshanba kuni, mamlakatda terrorchilik ustidan g‘alaba qozonilmagunicha, hech bir siyosiy tashabbus amalga oshirilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Suriya mamlakat xalqi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan har qanday siyosiy qarorni olqishlaydi. Biroq bunday tashabbuslarni amalga oshirish uchun, Asad ma’muriyatining fikricha, dastlab terrorchilik ustidan g‘alaba qozonish kerak.
“Terrorchilik ustidan g‘alaba qozonilmas ekan, hech bir tashabbus yoki g‘oyani amalga oshirib bo‘lmaydi, ularning muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga kafolat berib bo‘lmaydi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya ma’muriyati parlament va prezident saylovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)