Liviya sohillarida qayig‘i O‘rtayer dengizida ag‘darilib ketgan 40 nafar muhojirning jasadlari topildi, deya xabar bermoqda “TASS” Associated Press agentligiga tayanib.
Liviya Qizil yarim oy jamiyati vakili so‘zlariga ko‘ra, 27 jasad 24-oktabr, shanba kuni Tripolidan sharqdagi Zliten shahri yaqinida aniqlangan. Qolgan jasadlar poytaxt hamda Tripoli bilan qo‘shni Xoms shahri sohillaridan topilgan.
Muhojirlarning ko‘pchiligi Saxaradan janubda joylashgan Afrika davlatlaridan bo‘lgan. Ayni paytda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ag‘darilib ketgan qayiqda bo‘lgan yana 30 muhojirni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)