Muxolifatdagi Ozod Suriya armiyasi Moskvaning qo‘llab-quvvatlash borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda armiya bo‘linmalaridan birining rahbari Fares Bayushga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Rossiya biz bu mamlakatdan so‘ramagan havodan ko‘mak berishni taklif etishdan oldin birinchi galda Ozod armiyani bombardimon qilishni to‘xtatishi kerak”, — deya izoh bergan muxolifat vakili.
Bayush shuningdek, Moskvaning Suriyada yangi saylovlar o‘tkazish borasidagi chaqiriqlarini ham tanqid qildi. U bunday bayonotlarni “mantiqsiz va hayotdan yiroq” deb atagan. Muxolifat vakili Moskva shu tarzda Bashar Asadni hokimiyatda saqlab qolishni istayotganligini bildirgan.
Ozod Suriya armiyasiga kiruvchi boshqa bir bo‘linma vakili Fadi Ahmad “Rossiya avval Asadni qo‘llashni to‘xtatishi, shundan so‘ng hamkorlik to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish mumkinligi”ni bayon qilgan.
Izoh (0)