Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mamlakatning “Uchar otryad” maxsus topshiriqli bo‘linmasi mahoratini namoyish etishga qaror qildi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Qodirov o‘z Instagram’iga 11 nafar jangchining Grozniy markazida 4,5 ming metr balandlikdan desant qilib tushirilayotgani aks etgan videoni joyladi. Bunda maxsus topshiriqli askarlar qurol-yarog‘ va to‘liq jangovar komplekt bilan qurollangan edi.
“Topshiriq bajarilishini kuzatdim va 5+ baho qo‘ydim”, — deb yozdi Qodirov.
Izoh (0)