Ikki tomonlama sanksiyalar joriy etilgani tufayli Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnov 25-oktabr, yakshanba kundan e’tiboran to‘xtatildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bu boradagi tashabbus Ukraina aviakompaniyalarining ikki mamlakat o‘rtasida qatnovlarni saqlab qolish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi iltimosiga binoan 23-oktabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ilgari surilgan. Rosaviatsiya vakillarining ta’kidlashicha, Ukraina tomoni bildirilgan jo‘yali takliflarni muhokama etishni istamagan va ikki tomonlama cheklovlarni bekor qilish masalasini faqat tranzit parvozlarga tegishli bo‘lishiga e’tibor qaratgan.
24-oktabr, shanba kuni kechki payt Ukrainaning Borispol aeroportidan Rossiyaga oxirgi reys parvoz qildi.
Izoh (0)