Fransiya BMT Xavfsizlik Kengashiga Suriyada “bochkali” bombalardan foydalanishni man etish yuzasidan rezolyutsiya taqdim etadi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius 23-oktabr, juma kuni BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Biz Bashar Asad tuzumi tinch aholiga bomba yog‘dirishni to‘xtatganiga ishonchimiz komil bo‘lishi lozim”, — deya ta’kidlagan Fabius. U kelgusi haftada Parijda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari to‘planishi, “bu ro‘yxatga Rossiya vakili kiritilmagani”ni bildirgan.
Oldinroq Germaniya kansleri Angela Merkel Moskvani Bashar Asadni “bochkali” bombalar tashlamaslikka ko‘ndirishga” chaqirgan edi. Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Fransua Delatr benzin, mix, shrapnel va portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan bombani “terror quroli” deb atadi.
Izoh (0)