Zara do‘konlar tarmog‘ini ham o‘z ichiga olgan Inditex libos riteyleri asoschisi, ishbilarmon Amansio Ortega Forbes jurnali talqiniga ko‘ra jahonning eng badavlat kishilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, Forbes reytingi real vaqt rejimida yangilanadi, u kompaniyalar aksiyalari bahosining o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarning milliarderlarning boyligiga ta’sirini ko‘rsatib boradi.
Xususan, so‘nggi bir sutka ichida Zara asoschisining davlati 4,5 milliard dollarga ko‘payib, jami 80,3 milliard dollarga yetdi. Shunday qilib, u Microsoft asoschisi Bill Geytsni ikkinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi.
Ortega Bloomberg’ning milliarderlar reytingida ikkinchi o‘rinda bormoqda — mazkur reyting ham real vaqt rejimida yangilanib boradi. Unga ko‘ra, Orteganing boyligi 75,7 milliard, birinchi o‘rindagi Bill Geytsning davlati esa 83,9 milliard dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)