Adolat va taraqqiyot partiyasiga rahbarlik qiluvchi Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li yosh hamyurtlariga siyosiy tashkilot ular uchun rafiqa topishda yordam berishini aytdi. Bunday bayonot bilan u saylovoldi mitingida chiqish qildi, deb yozadi Hurriyet.
Siyosatchi yosh yigitlarga umr yo‘ldoshi qidirishda ko‘mak berish partiya o‘tkazadigan ishchi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturiga kirishini ma’lum qildi.
Davuto‘g‘li aniqlik kiritishicha, yigit uylanmoqchi bo‘lsa, avval ota-onasidan o‘ziga mos qiz topishni so‘rashi kerak. “Agar ular topa olmasa, bizga murojaat qiling”, — dedi bosh vazir.
Izoh (0)