BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya prezidenti Bashar Asadning 20-oktabr kungi Moskvaga tashrifi va uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi Arab Respublikasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollariga ijobiy ta’sir etishiga umid qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Men Suriyadagi nizoning harbiy yechimi yo‘qligi, u siyosiy bo‘lishi kerakligini bir necha marta takrorlaganman”, — dedi u.
U prezident Asad prezident Putin bilan uchrashuv natijasida buni tushunib yetishiga umid bildirdi. “Umid qilamanki, bu dinamikaning o‘zgarishiga olib keladi”, — deya qo‘shimcha qildi Pan Gi Mun.
Eslatib o‘tamiz, 20-oktabr kuni Bashar Asad Moskvaga tashrif buyurgan, Putin u bilan Suriyada Rossiya harbiy-kosmik kuchlari operatsiyasining davom ettirilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan edi.
Keyinroq AQSh hukumati Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyada tashrif bilan qabul qilingani yuzasidan norozilik bildirdi.
Izoh (0)