Amerikaning Gibbs Amphibians kompaniyasi suv ustida harakatlana oladigan yangi mototsiklni taqdim etdi, model Biski deb nom oldi. Bu haqda Hiconsumption xabar bermoqda.
Quruqlikda mototsikl tezligi soatiga 128 kilometrgacha yetishi mumkin, suvda esa gidrotsikl sifatida soatiga deyarli 60 kilometr tezlikda harakatlanadi. Transport vositasiga 55 ot kuchiga teng dvigatel o‘rnatilgan.
Amfibiya AIMexpo ko‘rgazmasida namoyish etildi. Bu hali konseptual model, biroq kompaniya kelajakda uni seriyali ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Izoh (0)