Filippin shimolidagi Koppu to‘foni qurbonlari soni 54 kishiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kordilyerning tog‘li hududlarida 19—20-oktabr kunlari ko‘chki oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. Lusonning markaziy mintaqalarida ikki nafar 12 yoshli qiz nobud bo‘ldi.
Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, 500 mingga yaqin kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Tog‘li provinsiyalarda suv shiddati pasaygani sababli odamlar uylariga qaytishni boshlagani aytilmoqda.
Oldinroq Luson orolida mazkur to‘fon keltirib chiqargan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 47 kishi qurbon bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)