AQSh hukumati Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyada tashrif bilan qabul qilingani yuzasidan norozilik bildirmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net” Oq uy vakili Erik Shulsga tayanib.
“O‘z xalqiga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llagan Asadning tantanali uchrashuvi Rossiyaning e’lon qilingan maqsadi — Suriyada siyosiy o‘tishni amalga oshirishga zid deb hisoblaymiz”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bashar Asad Moskvaga tashrif buyurgan, Putin u bilan Suriyada Rossiya harbiy-kosmik kuchlari operatsiyasining davom ettirilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan edi.
Izoh (0)