Boris Nemsovning oilasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham so‘roqqa tutilishini talab qilmoqda. Oila advokati Vadim Proxorov Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi tergovchilari Chechenistonga borishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida paydo bo‘lgan xabarlarni shunday sharhladi, deya xabar berаdi “Exo Moskvi”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tergovchilar jinoiy ish qatnashchilari bo‘lgan “Shimol” batalyoni jangchilarining qarindoshlari, tanishlari va hamkasblarini so‘roq qilish niyatida. Tergov qo‘mitasi avval Chechenistonga mazkur masala yuzasidan so‘rovlar jo‘natgan, ammo bu hech qanday natija bermagan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskvaning Basmanniy sudi Janna Nemsovaning otasini o‘limi yuzasidan Ramzan Qodirov va boshqa yuqori darajali chechen rasmiylarini so‘roq qilish haqidagi talabini rad etgandi.
Izoh (0)