“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning kompaniya sayti orqali 12-oktabrda yo‘llagan murojaatidan so‘ng Navoiy ko‘chasidagi avtobus bekatlariga harakat jadvalining ko‘rsatkichlarini joylashtirdi. Bu haqda murojaat muallifi Facebook’dagi “Jamoatchilik nazorati” (“Obshchestvenniy kontrol”) guruhida ma’lum qilgan.
15-oktabr sanasi bilan kelgan javob xatida qayd etilishicha, kompaniya fuqaroning murojaati uchun minnatdorchilik bildirib, “Navoiy ko‘chasidagi oraliq bekatlar uchun yo‘lovchi tashish transportining harakat jadvali aks etgan axborot ko‘rsatkichlari tayyorlanib, joylashtirish uchun JCDecaux UZ kompaniyasiga taqdim etilgani, tez orada bekatlarga stikerlar joylashtirilishini” bildirgan.
Murojaat muallifi 18-oktabr kuni Facebook’da qoldirgan xabariga “Alisher Navoiy muzeyi”, “O‘rda maydoni”, “San’at saroyi”, “Markaziy telegraf” bekatlaridan olingan fotosuratlarni ilova qilgan, ularning barchasida avtobuslarning harakat jadvali va yo‘nalishlari aks etgan ko‘rsatkichlar joylashtirilgan.
“Va nihoyat, natija ko‘rindi”, — deb yozadi murojaat muallifi.
Izoh (0)