16-oktabr, juma kuni 46 vagondan iborat va 2760 tonna o‘ramli po‘lat yuklangan “Binsinou—Binchjouxao” xalqaro yuk poyezdi Xitoyning Shandun provinsiyasi, Bosin uyezdi, Binchjou shahridan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqdi. Bu haqda Sinxua ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bu Ipak yo‘li iqtisodiy mintaqasidagi asosiy shaharlarni bir-biri bilan bog‘laydigan ilk xalqaro yuk poyezdi hisoblanadi. Loyihaga ko‘ra, poyezd bir magistral va ikki tarmoq bo‘ylab qatnaydi. Asosiy magistralda poyezd Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanidagi Alashankou shahridan Olmaota (Qozog‘iston) orqali Toshkentga yuklarni yetkazib beradi.
Mazkur masofa 5630 kilometrga teng, poyezd bu yo‘lni yetti kunda bosib o‘tadi. Dastlab haftada bir marta qatnov yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)