15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar kun tartibiga kiruvchi ayrim masalalar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.
Izoh (0)