Samarqand shahrida 18-oktabr, yakshanba kuni qor yog‘di. Bu haqda Twitter foydalanuvchilari ma’lum qildi.
“Birinchi qor bilan, Samarqand!”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. @Samarqandiy taxallusli foydalanuvchi esa “Samarqandda birinchi qor” deya xabar qoldirib, “birinchi qor bilan selfi”ga tushgan.
Биринчи қор билан селфи )) pic.twitter.com/6HX9fqqp0f
— Farhod Norbutayev (@Samarqandiy) October 18, 2015
“Qarangki, shahar bayramida (har yili 18-oktabr kuni Samarqandda Shahar kuni nishonlanadi — “Daryo” izohi) Samarqandda birinchi qor yog‘moqda. Yoqqanda ham ajoyib qor! Hammani bayram bilan!”, — deb yozadi foydalanuvchi @Usmon_IX.
Ma’lumot uchun, 16—18-oktabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati sezilarli pasaydi, deyarli butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatildi.
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 19-oktabr kuni O‘zbekistonning janubiy viloyatlari — Qashqadaryo va Surxondaryoda havo harorati +18 darajagacha, qolgan hududlarda, jumladan, Samarqand viloyatida +15 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda, faqat vodiyda (Andijon, Namangan, Farg‘ona) vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izoh (0)