Yevroittifoq Belarus va uning prezidenti Aleksandr Lukashenkoga nisbatan kiritilgan saksiyalarni to‘rt oyga bekor qiladi. Bu haqdagi qaror kelasi haftadayoq qabul qilinishi mumkin, deb yozadi “RBK” Reuters’ga tayanib.
Reuters manbalaridan biriga ko‘ra, sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha qaror mamlakatda 11-oktabrga mo‘ljallangan prezidentlik saylovlari qanday o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi.
Lukashenko va Belarusning yana 140 fuqarosiga nisbatan amalda bo‘lgan sanksiyalarning oktabr oxiridan fevral oxiriga qadar to‘xtatilishi “qora ro‘yxat”dagilarga Yevropa banklaridagi mablag‘larini erkin ko‘chirib, YeIga kirish imkonini beradi. Yevroittifoq Belarusda inson huquqlari buzilishiga aloqador yangi holatlarni aniqlasa, sanksiyalar qaytadan yangilanishi mumkin.
Izoh (0)