2015-yilning 5—7-oktabr kunlari O‘zbekiston-Litva vazirliklararo maslahatlashuvlarining oltinchi raundida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vilnyus shahrida Litva qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vilius Martusyavichyus, Litva Seymining O‘zbekiston bilan parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha guruhi raisi Valerius Simulik, iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Rasa Noreykene hamda Litva Sharqiy Yevropa tadqiqotlar markazi va Geosiyosiy tadqiqotlar markazi vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda hamkorlikning turli sohalarida yangi qo‘shma loyihalar bilan boyitish bo‘yicha istiqbolli takliflar amaliy jihatdan muhokama qilindi.
Litvaga tashrif doirasida, delegatsiya ushbu mamlakatning yetakchi ishbilarmon tuzilmalari vakillari ishtirok etgan Litva biznes konfederatsiyasida O‘zbekistonning investitsion salohiyati taqdimotini o‘tkazdi hamda mintaqada quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha texnologiya ishlab chiqaruvchi korxonalar ichida yetakchi hisoblanadigan BOD Group hamda Boltiq mamlakatlarida eng yirik kimyoviy o‘g‘it ishlab chiqaruvchi AB Achema kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
Izoh (0)