2015-yilning 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi yangi rahbari Mieko Yabutаni qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mieko Yabutа o‘zining O‘zbekistonga tayinlanganligi to‘g‘risidagi UNFPA ijrochi direktori Babatunde Osotimehinning xatini topshirdi.
Suhbat chog‘ida Jamg‘armaning 2010—2015-yillarga mo‘ljallangan Mamlakat miqyosidagi Dasturi doirasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi hamda hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.
Izoh (0)