7-oktabr, chorshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari Polvon Taganov boshchiligidagi Turkmaniston delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda “UzDaily.uz” xabar bermoqda.
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, o‘zaro savdo va tranzit yuklarini tashish hajmini ko‘paytirish masalalari muhokama etildi.
Izoh (0)