O‘zbekiston moliya vazirligi 6-oktabr, seshanba kuni Toshkent IES tomonidan poytaxt viloyatining Qibray tumani uchun beriladigan issiqlik energiyasi uchun yangi tarifni tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Issiq suv va bug‘ning yangi tarifi barcha iste’molchilar, jumladan, qayta sotuvchi ulguji iste’molchilar hamda issiqxona xo‘jaliklariga 1 Gkal uchun 42777 so‘mni (hozirgi narx — 41089 so‘m) tashkil etadi. “Issiqlik manbai” korxonasi uchun ham xuddi shunday (ayni paytdagi tarif — 39443 so‘m) tarif belgilandi.
Tarif qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) ham o‘z ichiga oladi. Yangi tarif 21-oktabrdan kuchga kiradi.
Izoh (0)