Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremldagilar Federal xavfsizlik xizmatining elita mulki va yaxtalar egalari haqidagi ma’lumotlarni maxfiylashtirish to‘g‘risidagi tashabbusidan bexabar ekanligini ayti, deb yozadi “Gazeta.ru”. Avvalroq FXXning ushbu g‘oyasi hukumatning dastlabki tasdig‘idan o‘tgani xabar berilgan edi.
“Men bexabarman, birinchi marta eshitishim. Sizga hech qanday javob bera olmayman”, — dedi Peskov.
Matbuot kotibi “ishonchliroq axborot” paydo bo‘lgach, ushbu ma’lumotga e’tibor qaratishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, FXX hukumatga kiritgan qonun loyihasi Ko‘chmas mulk uchun huquqlar yagona davlat reyestridagi ma’lumotlarni maxfiylashtirishni nazarda tutadi. Ayni paytda barcha ma’lumotlar ochiq holda bo‘lib, undan har kim foydalana oladi. FXX ma’lumotlar bazasini yopiq holga keltirib, undan faqat yagona davlat reyestri foydalana oladigan qilishni taklif etmoqda.
Izoh (0)