Moskva jome’ masjidiga Chechenistondan keltiriladigan Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar sochini ko‘rishga ikki mingga yaqin kishi keladi. Bunday taxminni Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasidagilar bildirdi, deb yozadi “TASS”.
Tabarruk buyum masjidga Moskva vaqti bilan 6-oktabr kuni 18:00 (Toshkent vaqti bilan 20:00)da keltirilishi kerak edi. Uni har qanday kishi yarim kechasigacha tomosha qilib, ushlab ko‘rishi mumkin.
Zirhli oyna bilan himoyalangan maxsus kapsulaga joylashtirilgan muqaddas buyumni tantanali marosimlarda masjidga tashrif buyuruvchilar tomosha qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropadagi eng yirik jome’ masjidni keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng ochib bergach, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskvaning yangi jome’ masjidiga Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning sochini ehson qilishini aytgan edi.
Izoh (0)