Hindistonlik ota kechki taom ustida olti yoshli qizining boshidan ro‘mol tushib ketgani uchun urib o‘ldirdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
NDTV’ning xabar berishicha, qizalog‘ini “an’analarni unutishda” ayblagan va darg‘azab bo‘lgan ota uning boshini polga ura boshlagan, oqibatda farzandi hushidan ketgan.
Fojia Uttar-Pradesh shtatida ro‘y bergan. Qizaloqning onasi erini to‘xtatishga harakat qilgan, ammo u xotinini ham kaltaklagan. Farzandini o‘ldirib qo‘yganini anglagan oila sohibi xotiniga qizni uyga ko‘mishga buyruq bergan, ammo u bundan bosh tortgan.
Hindistonlik hibsga olindi va qasddan bo‘lmagan qotillikda ayblandi. Qotilning qo‘shnilari unga ruhiyati beqaror va mutaassib odam sifatida ta’rif bergan.
Izoh (0)