Yaponiyalik Takaaki Kadzita va kanadalik Artur Makdonald 2015 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari bo‘ldi. Mukofot ularga “neytrino o‘z mohiyatini o‘zgartira olishini namoyish etgan tajribalarga qo‘shgan hissalari uchun” taqdim etilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ming yillik bo‘sag‘asida Takaaki Kadzita Yaponiyadagi detektorda atmosferadagi neytrino bir holatdan ikkinchisiga o‘tishini kashf etdi. Makdonald boshchiligidagi Kanadagi tadqiqot guruhi esa Quyoshdan uchib kelayotgan neytrino Yerga yo‘l olganida g‘oyib bo‘lmasligini namoyish etdi.
Bu kashfiyotlar materiyaning ichki mexanizmlarini tushunib yetish va borliq sirlarini anglashimizda muhim rol o‘ynadi”, — deya ta’kidlanadi mukofotning rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.
Izoh (0)