Ukraina parlamenti xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakat qurolli kuchlarida harbiy xizmatni o‘tashini tartibga soluvchi o‘zgartirishlarni qabul qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Oliy Rada qabul qilgan hujjatlar Ukraina fuqarosi bo‘lmaganlarga shartnoma bo‘yicha mamlakat qurolli kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarda xizmatni o‘tashga ruxsat beradi. Qonunga muvofiq, ularga harbiy unvonlar va ijtimoiy himoya taqdim etilishi mumkin.
Qabul qilingan qonun loyihasi, shuningdek, yollanma askar, shaxsiy manfaat uchun shartnoma bo‘yicha xizmat o‘tayotgan va harbiy harakatlarda qatnashayotgan shaxslar tushunchalarini belgilaydi. Yollash, yollanma askarlarni moliyalashtirish, ularning harbiy harakatlarda qatnashishi uch yildan sakkiz yilgacha bo‘lgan qamoq muddati bilan jazolanadi.
Izoh (0)