Singapur hukumati Indoneziyadagi o‘rmon yong‘inlari sabab yuzaga kelgan quyuq tutun tufayli shahar-davlat hududidagi barcha maktab va bolalar bog‘chalarini yopish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Singapurga qo‘shni Indoneziyada fermerlar qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yangi yerlarni ochish maqsadida o‘rmonlarni yoqmoqda. Hozirgi vaqtda kelib tutunning zararlilik darajasi eng xavfli nuqtaga chiqqan.
Agence France-Presse agentligi xabariga ko‘ra, Indoneziya hukumati yong‘inlarga qarshi kurash maqsadida Sumatra oroliga 3 mingga yaqin harbiy xizmatchilar va politsiyachilarni yuborgan. Indoneziya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyatning barqarorlashuvi uchun kamida bir oy vaqt kerak.
Singapur bosh vaziri Li Syanlunning ma’lum qilishicha, Singapur yong‘inlarni o‘chirishda Indoneziyaga yordam taklif qilgan.
Izoh (0)