Slovakiyadagi Lesht poligonida mamlakat tarixidagi eng yirik — “Slovak qalqoni-2015” nomini olgan NATOga a’zo mamlakatlarning harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Slovakiya, Chexiya, Polsha, Vengriya va AQShning qariyb to‘rt ming nafar harbiy xizmatchilari qatnashgan mashg‘ulotlar davomida “milliy hududni mudofaa qilish bo‘yicha ittifoqchi NATO bo‘linmalarining o‘zaro harakat ko‘nikmalari ustida ishlangan”.
AQSh 2-motoo‘qchi polkining mexanizatsiyalashgan kolonnalarining Germaniyadan tranzit bilan Vengriyaga ko‘chishi ham mashg‘ulotlarning bir qismiga aylanib ketdi. Slovakiyadagi harbiy o‘quv-mashq tadbirlari yaqinlashayotgan dam olish kunlari ham davom etadi.
Izoh (0)